"Lokomotiv" yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

"Lokomotiv" yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi
Bugun "Lokomotiv" matbuot anjumanlar zalida 2021 yilgi mavsum arafasida tarkibga kelib qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda "Lokomotiv" PFK sport direktori Ravshan Muqimov bilan jamoamiz bosh murabbiyi Mikayel Sekeyra ham ishtirok etdi.

Bugungi marosimda "temiryo‘lchilar" safiga qo‘shilgan Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Javohir Sidiqov, Sanjar Qodirqulov, Diyego Bardanka, Islom Rashidxonov va Xurshid Muxtorov kabi futbolchilar keng ommaga tanishtirildi hamda ularga o‘z futbolkalari taqdim etildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar