
“Lokomotiv” bosh murabbiyi hisoblangan portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Ikki oy davomida mavsumga birgalikda tayyorlanyapmiz. Futbolchilar o‘zgarishlarni to‘g‘ri qabul qilishdi. O‘zgarishlar sababli ular o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.
Mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilishmoqda. Bu esa asta-sekinlik bilan samarasini beradi. Buning uchun avvalo futbolchilar barchasini tushunib yetishmoqda.
Har bir murabbiyning maqsad va g‘oyalari bo‘ladi. Masalan, siz uy qurayotganingizda avvalo asosni quyib olishingiz kerak bo‘ladi. Keyinchalik bu bosqichma-bosqich uyga o‘xshatib, qurib boriladi.
Agar qurilish uchun ketkazayotgan materiallar yaxshi bo‘lsa, uy ham mustahkam chiqadi. Bizda yuqori saviyali futbolchilar ko‘p. Ishonamanki, biz bu tarkib bilan yaxshi natijalar qayd eta olamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar