15:38 / 05.03.2021
1 977

"Nasaf"ni yana kimlar tark etdi va ularning o‘rni qaysi futbolchilar bilan to‘ldirildi?

"Nasaf"ni yana kimlar tark etdi va ularning o‘rni qaysi futbolchilar bilan to‘ldirildi?
Xabaringiz bor, Dilshod Rahmatullayev, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev, Mashhur Muhammadjonov, Javohir Esonqulov klub bilan shartnomalari tugaganligi va ular o‘z faoliyatlarini boshqa jamoalarda davom ettirishni xohlaganliklari sababli "Nasaf"ni tark etishdi.

O‘tgan mavsumda ijara asosida “Buxoro”da o‘ynagan Ilhom Alijonov hamda “Sho‘rtan”da to‘p tepgan Xudoyorxon Sagdullayev bilan o‘zaro kelishilgan holda o‘rtadagi shartnoma bekor qilindi. O‘tgan mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan Faycal Traore Pro liga vakili “Yangiyer”ga o‘tdi.

“Nasaf” klubi o‘z falsafasiga sodiq qolgan holda bor e’tiborni o‘z tarbiyalanuvchilariga qaratadi. Jamoani tark etganlar o‘rnini ham imkoniyatdan kelib chiqqan holda asosan o‘tgan mavsumda o‘rinbosarlar tarkibda harakat qilgan futbolchilar bilan to‘ldirildi. Bundan tashqari “Sho‘rtan” jamoasida harakat qilgan Shokir Yo‘ldoshev, “Dinamo”da to‘p tepgan Suhrob Nurilloyev rasman “Nasaf” jamoasi a’zosiga aylandi. Bu hada klub matbuot xizmati xabar berdi.

Suhrob Nurilloyev
Tug‘ilgan yili: 04.01.1998
Ampluasi: Yarim himoyachi
So‘ngi jamoasi: «Dinamo»

Shokir Yo‘ldoshev
Tug‘ilgan yili: 30.11.1995
Ampluasi: Yarim himoyachi
So‘ngi jamoasi: «Sho‘rtan»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ni yana kimlar tark etdi va ularning o‘rni qaysi futbolchilar bilan to‘ldirildi?