01:41 / 07.03.2021
988

Hamrobekovning debyutida "Shabab Al-Ahli" peshqadam bilan durang o‘ynadi

Hamrobekovning debyutida "Shabab Al-Ahli" peshqadam bilan durang o‘ynadi
BAA Chempionati 19-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda "Al-Jazira" va "Shabab Al-Ahli" jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. Asabiy tarzda kechgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

62 daqiqada Karlos Eduardo tomonidan kiritilgan gol evaziga dubayliklar hisobni ochdi. Oradagi farqni asosiy vaqt davomida saqlab qolishni uddalagan mehmonlar 90+2 daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga mjbur bo‘ldi. Standart vaziyatdan Milosh Kosanovich darvozani aniq nishonga oldi.

Shu tariqa, "Shabab Al-Ahli" hisobidagi ochkolari sonini 33 taga yetkazib olgan holda, onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi soniyalarda 1 ochko masalasini hal etgan "Al-Jazira" 41 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Ushrashuvda har ikki hamyurtimiz maydonga tushdi. Xususan, Jaloliddin Masharipov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Odil Hamrobekov 79-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Hamrobekovning debyutida "Shabab Al-Ahli" peshqadam bilan durang o‘ynadi