date

Messi La ligadagi 300-o‘yinda 3ta gol urdi

Messi La ligadagi 300-o‘yinda 3ta gol urdi

«Barselona» ham Ispaniya La ligasining 23-turida g‘alaba qozondi va "Real" bilan oradagi farq 1 ochko qolishini ta’minladi.

Ushbu o‘yin "Barselona" tarkibida ikkita e’tiborga molik holat kuzatildi. Lionel Messi La ligadagi 300-o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Pedro "Barsa" tarkibida barcha musobaqalarda o‘zining 300-o‘yinida harakat qildi. Lionel o‘zining yubiley o‘yiniga "xet-trik" sovg‘a qilgan bo‘lsa, Pedro bugun bitta golga hammualliflik qildi.

"Levante" "Kamp Nou"da deyarli mezbonlarga qarshilik ko‘rsata olmadi. Mehmonlar golga tortadigan vaziyatni yarata olishmadi. Messi raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qilishdan tashqari (bittasi penaltidan), Neymarning goliga assistentlik qildi. Luis Suares ijrosidagi so‘nggi gol esa juda chiroyli chiqdi. Urugvaylik futbolchi chalqancha uslubda zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi. 5:0!

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" ochkolari sonini 56taga etkazib oldi ("Real"da 57ta). Messi esa La liga doirasida ushbu mavsumdagi gollari sonini 26taga etkazdi. Endi u Ronaldudan 2ta to‘p ortda bormoqda.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
"BARSELONA" - "LEVANTE" - 5:0

Gollar: 1:0 – 17 Neymar, 2:0 – 38 Messi, 3:0 – 59 Messi, 4:0 – 65, penalti Messi, 5:0 – 73 Suares.
"Barselona": Bravo, Montoyya, Bartra, Adriano, Xavi, Maskerano, Pedro, Buskets, Rakitich (Roberto, 62), Messi, Neymar (Suares, 67).
"Levante": Marino, Tono, Navarro, Ramis, Lopes (Jeyson, 71), Diop (Mari, 78), Simao, Shumetra, Morales, Uche (Kasadesus, 62), Barral.
Ogohlantirishlar: Ramis (64), Barral (68), Buskets (77).

Manba: www.stadion.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi La ligadagi 300-o‘yinda 3ta gol urdi