Bugun, 13 mart, A Seriya 27-turi doirasida hamyurtimiz harakat qilayotgan "Jenoa" o‘z uyida "Udineze"ni qabul qiladi.
Umuman olganda, mavsum davomida "Udineze" barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin "Jenoa" ham murabbiy alishtirgach, musobaqa jadvalidagi vaziyatini o‘nglab oldi.
"Jenoa"
"Jenoa" hozirda 27 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi. Xavfli zona bilan oradagi farq yetti ochkoni tashkil qilmoqda va bu genuyaliklar uchun oxirgi davrning eng muhim xabari hisoblanadi. Vaholanki, yaqindagina klub xavfli hududdan chiqolmay yurgandi. Ha, oxirgi uchrashuvlar u qadar omadli o‘tmagan bo‘lsa-da, o‘sha o‘yinlardagi raqiblarning darajasini ham inobatga olish zarur. Nima bo‘lsa ham, "Jenoa" imkoniyatlari cheklangan va favoritlarga doim ham munosib qarshilik ko‘rsata olmaydi.
"Inter"ga qarshi o‘yinda (0:3) yirik mag‘lubiyat, ammo bu mavsum Antonio Konte shogirdlariga ichki chempionatda uncha-munchasi bas kela olmayapti. Asosiysi "Jenoa" o‘zi bilan teng kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlarda ochko jamlay olmoqda. Misol uchun, "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinda (1:1) Dzappakosta gol muallifi bo‘ldi. Safarda "Roma"ga qarshi uchrashuv esa qiyin kechgandi.
Genuyaliklar 5 turadan buyon g‘alaba qozona olmayapti, lekin aytib o‘tganimizdek, bu yerda raqiblar kimligini ham unutmaslik lozim. Umuman olganda, jamoa yomon sport formasida emas va bo‘lajak o‘yinda balki ancha kutilgan g‘alaba qayd etilar. Shu o‘rinda, tarkibdagi muammolarni aytib o‘tish lozim, himoyachi Masello jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuborsa, jamoaga hujumchilar Goran Pandev hamda asosiy kuch Mattia Destro ham kartochkalar sababli o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur.
"Udineze"
"Udineze" hozirda 11-o‘rinda bormoqda va 32 ochkoga ega. Jamoa xavfli zonadan ko‘ra, jadvalning o‘rtasiga yaqinroq joylashgan. "Udineze" o‘zining mustahkam o‘yini bilan nom chiqargan, ushbu klubdan doimo aqlli va ma’noli o‘yin kutish mumkin. Klubning asosiy yetakchisi Rodrigo De Paul hisoblanadi. Argentinalik yarim himoyachi "Udineze"ning haqiqiy yuragi, aynan 26 yoshli futbolchi maydondagi o‘yinni boshqarib turadi.
De Paulning golli uzatmasi "Fiorentina" ustidan (1:0) g‘alaba qozonishga yordam berdi, gol esa Nesterovski hisobiga yozildi. "Milan"ga qarshi bahsda durang qayd etilganini ham aytish joiz (1:1) va o‘shanda ham De Paul golli uzatma bergandi. "Sassuolo" bilan o‘yinda esa g‘alaba (2:0) qozonilgan. 1ta gol va golli uzatma muallifi Rodrigo De Paul edi. Argentinalik ketma-ket 4 o‘yinda golli uzatma berishga muvaffaq bo‘lgandi.
"Udineze" to‘rt turdan buyon yutqazmayapti. Jamoa barqaror ravishda ochko jamg‘arib bormoqda. Shunday ekan, xavotirga o‘rin yo‘q.
O‘zaro uchrashuvlar
Oxirgi o‘zaro besh uchrashuvda "Udineze" uch bor g‘alaba qozongan va ikki bor durang o‘ynagan. Birinchi davrada "Udineze" kichik (1:0) hisobda zafar quchgan.
E’tiborli jihati, "Jenoa" o‘yinlardagi samaradorlik bo‘yicha 16-o‘rinni, "Udineze" esa 19-pog‘onani egallab turibdi. O‘zaro o‘yinda ham gollar yomg‘irini kutish qiyin bo‘lsa kerak, lekin Shomurodovdan samarali harakatlar kutib qolamiz. "Jenoa" odatga ko‘ra yopiq futbol namoyish qilsa kerak. "Udineze" ham sabr bilan raqib xatosini kutib o‘ynashini taxmin qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar