Foto: Shamo Boxing
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.
O‘zbekistonlik bokschiga 33 yoshli tajribali Aleksis Dias (25-2, 17 KO) raqib bo‘ladi. Bu Do‘smatov uchun professional boksdagi uchinchi jang bo‘ladi.
Mazkur boks kechasining asosiy jangida Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO), Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar jang qilishi kutilmoqda. Shu kechada Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov prof boksdagi debyutini o‘tkazadi.
Do‘stmatov so‘nggi jangini 2020 yilning dekabrida Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazgan va uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar