09:02 / 15.03.2021
1 441

Superligada navbatdagi iste’fo yuz beradi...mi?

Superligada navbatdagi iste’fo yuz beradi...mi?
Superliganing birinchi turida “Metallurg” klubi safarda “Surxon”ga yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchraganidan xabaringiz bor. O‘sha uchrashuvdan keyin “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov bahs haqida gapirar ekan, jamoasining ko‘rsatgan o‘yini o‘zi uchun ham jumboq ekani haqida gapirgandi. Chindan ham o‘shanda bekobodliklar darvoza tomon aniq zarba ham yo‘lla olishmagandi.

Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Shipilov ayni payda jamoa bilan birga emas. U “Surxon”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin jamoada ko‘rinish bermagan. Mashg‘ulotlarni Fevzi Davletov o‘tkazmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati boshqa mutaxassis bilan qiziqmoqda. Balki bu nomzod Jasur Abduraimov bo‘lishi ham mumkin.

Katta ehtimol bilan 16 mart kuni “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga jamoani Davletov tayyorlamoqda. Hozircha Andrey Shipilovning klubdan ketgani rasman tasdiqlangani yo‘q. Yoki unga oxirgi imkoniyat beriladimi? Tez orada “Metallurg” rahbariyati bosh murabbiy masalasida bir qarorga keladi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turdan so‘ng, "Navbahor" ustozi No‘’mon Hasanov iste’foga chiqarilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Superligada navbatdagi iste’fo yuz beradi...mi?