
Bobir Abdixoliqov harakat qilayotgan "Rux" klubi o‘rtoqlik uchrashuvida "Podole"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Hamyurtimiz ushbu bahsda o‘z debyutini nishonladi. Lvovliklar matbuot xizmati o‘yindan so‘ng Bobir bilan suhbat uyushtirdi:
"Yakshanba kungi Kiyevning "Dinamo"siga qarshi bellashuv oldidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rib oldik. Biz g‘alaba qozondik, lekin xatolar ham yo‘q emas. Ularni keyingi uchrashuvga qadar tuzatishga harakat qilaman. Nihoyat, asosiy tarkibga kiritilganimdan juda xursandman. Bu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lganiga qaramay, eng muhimi menga murabbiy ishonch bildirdi.
O‘zimning optimal formamga qaytishga harakat qilyapman. Jamoamga foyda keltirmoqchiman. Sheriklarim bilan yaqindan munosabat o‘rnatmoqdyapman, ammo bu biroz vaqt talab etadi. Bilaman, hamyurtlarim rasmiy uchrashuvda debyut qilishimni kutmoqda. Shuning uchun, ularning umidlarini tezroq ro‘yobga chiqarish uchun bor kuchimni sarflayman.
Bu yerda yuqori darajadagi ijrochilar to‘plangan. Bugun Kuxarevich hamda Kondrakov gol urdi. Hujum chizig‘idagi bunday raqobat hammaga, jumladan menga ham juda foydali. Chunki bu o‘sishga yordam beradi". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar