Superliga 2-turida AGMK" Qarshida "Nasaf" bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Avvalambor o‘zbek xalqini kelayotgan Navro‘z bayrami bilan jamoam va o‘z nomimdan tabriklayman. Bir-biriga munosib ikki jamoa o‘zaro kurashdi. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo‘limda "Nasaf" yaxshi harakatlandi va gol urib yana vaziyatlar yaratdi. Dastlabki taymda jamoamning o‘yini chiqmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa aksincha, AGMK tashabbusni qo‘lga olib, bahsni nazorat qildi. Shuningdek, hisobdan kelib chiqib "Nasaf" ikkinchi bo‘limda qarshi hujumga tayandi. Oxirgi 45 daqiqalikni "Nasaf"ga qaraganda yaxshiroq o‘tkazib, gol urdik. Uchrashuv haqiqatdan ham durangga mos bo‘ldi.
Shu o‘rinda jarohat olib operatsiya bo‘lgan Ro‘ziqul Berdiyevga sog‘lik tilayman. Faxriylar o‘rtasidagi o‘yinga meni chaqirmagani uchun jarohat olgan (kuladi). Bu borada o‘zaro suhbatlashib, hazillashib ham oldik. Qayd etish kerak, Berdiyev o‘tgan yilgi tarkibdan ketgan 2-3 nafar futbolchilarni o‘rnini zaxirada qolgan o‘yinchilar bilan to‘ldirib, yaxshi jamoa shakllantirmoqda.
Favorit? O‘zbeklarda bir yaxshi gap bor: jo‘jani kuzda sanaymiz. Taxmin qilishni yoqtirmayman. Kim ko‘proq omadli bo‘lsa, chempionatni imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tkazib, maksimal ochko to‘plasa o‘sha chempion bo‘ladi. O‘ylashimcha, 5-6 jamoa chempionlik uchun kurashadi.
Legionerlardan ko‘nglim to‘lyaptimi? Murabbiyni hech qachon ko‘ngli to‘lmaydi. Agarda murabbiyni ko‘ngli to‘lsa, unda ishlashni to‘xtatib, futboldan ketishi kerak.
Bizni aprelda "Al Garafa" bilan jiddiy o‘yin kutmoqda. Maqsad guruh bosqichiga chiqish. Bizda endi chempionat boshlandi, Qatarda esa mavsumning qizg‘in pallasi. Lekin bu bahona emas. Qo‘l ostimdagi futbolchilarga ishonaman va bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hammasi maydonda hal bo‘ladi. AGMK OCHL guruh bosqichiga chiqishga astoydil harakat qiladi va buni juda istamoqda.
Transfer oynasida kimni olmoqchi edigu va ololmadik? Bu sirligicha qolaversin. Endi uni kimligini oshkor etishning foydasi yo‘q. Men hozirgi mavjud tarkibdagi futbolchilarga ishonaman. Bizda ham tarkibning katta qismi o‘zgardi va o‘tgan yilgiga nisbatan 9 nafar futbolchi jamoani tark etdi. Imkon qadar ularning o‘rnini to‘ldirishga harakat qildik, - dedi Mirjalol Qosimov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot