O‘zbekiston MTJ mart oyida Gana va Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston MTJ mart oyida Gana va Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan o‘rin olgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 22-30 mart kunlari o‘tkazadi.

JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan ushbu yig‘in uchun murabbiylar shtabi kecha 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana va Iroq vakillariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
1. 25 mart | O‘zbekiston – Gana

2. 29 mart | O‘zbekiston - Iroq
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar