10:00 / 24.03.2021
3 668

Ronalduning narxi tushdi, Shomurodovniki esa ko‘tarildi!

Ronalduning narxi tushdi, Shomurodovniki esa ko‘tarildi!
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Italiya A Seriyasida to‘p tepayotgan jami 143 nafar futbolchining profilini yangiladi.
Unga ko‘ra, liganing eng yorqin yulduzi Krishtianu Ronalduning transfer summasi 10 million yevroga pasaydi. 36 yoshli portugaliyalik hujumchi bungacha 60 million yevroga baholanayotgan edi. Endi uning transfer narxi 50 million yevroni tashkil qilmoqda.

- Shubhasiz, Ronaldu A Seriyaning eng zo‘r hujumchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Lekin yoshi o‘tib borayotgani uning narxiga ta’sir qilishi tabiiy. Asosiysi esa, Ronaldu “Yuventus”ga Yevropa Chempionlar ligasi sovrinini olib berolmadi. Chunki u aynan shuning uchun taklif etilgandi. Klubning A Seriyada bu yil muvaffaqiyatsiz o‘ynayotgani ham portugaliyalik yulduzning transfer summasini tushirib yubordi, - dedi Transfermarkt portalining Italiya bo‘yicha bosh muharriri Jatin Ditl.

Shuningdek, A Seriyada o‘ynayotgan yulduz darajasidagi futbol orasida Ronaldudan tashqari “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali, “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalaning transfer narxi eng ko‘p – 10 million yevroga arzolab ketdi.

Narxi keskin ko‘tarilgan futbolchilar orasida yetakchi sifatida “Yuventus”ning yana bir hujumchisi Federiko Kezani ko‘rsatish mumkin. Uning transfer summasi 12 millionga oshib, ayni paytda 60 million yevroni tashkil qilmoqda.

“Atalanta” himoyachisi Kristian Romero va “Milan” yarim himoyachisi Frank Kessining narxiga yana 10 million yevrodan qo‘shildi.

MDH mamlakatlarida kamol tapgan futbolchilar orsida faqatgina Eldor Shomurodovning transfer summasi o‘sdi. Qolganlari Eldordan qimmat baholangan bo‘lsa-da, yangilangan reytingda narxi tushgan yoki o‘zgarishsiz qolgan.

Aleksey Miranchuk – 1 million. Transfer narxi 17 million yevro.
“Lokomotiv” yetakchisi sifatida A Seriyaga yo‘l olgan Aleksey Miranchukning “Atalanta”dagi faoliyati uning narxiga salbiy ta’sir qildi va yarim mavsumda bir million yevroga arzonladi. Rossiyalik futbolchi garchi kam maydonga tushayotgan bo‘lsa-da, samarali harakatlari bilan ajralib turibdi. U jami 625 daqiqa o‘ynab, ikkita gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi. Lekin bu sayt mutaxassislari e’tiborini torta olmadi.

Ruslan Malinovskiy – narxi o‘zgarmadi. Transfer summasi 21 million yevro.
“Atalanta”da Aleksey Miranchukning raqobatchisi hisoblangan Ukraina futboli vakili Ruslan Malinovskiy o‘z mavqeini saqlab qoldi. Mavsumni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan Malinovskiy chempionat o‘rtasiga kelib, jamoaning ishonchli o‘yinchilari qatoriga qo‘shilib oldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar bu reyting ikki oy avval tuzilganida, Ruslan ham bir necha millionga arzonlashgan bo‘lardi. Lekin oxirgi 12 ta uchrashuvda “gol+pas” tizimida to‘rt ochko to‘plab, o‘z darajasini ko‘rsata oldi.

Genrix Mxitaryan – narxi o‘zgarmadi. Transfer summasi 20 million yevro.
Armanistonning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi Angliyadagi pasayishdan keyin A Seriyada zo‘r o‘ynayapti. Lekin bu Transfermarkt mutaxassislarini hayratga solgani yo‘q. Ular Genrixning yoshi o‘tib borayotganiga e’tibor qaratdi. Odatda, yoshi 30 dan o‘tgan futbolchilarning transfer summasi aksariyat holatlarda pastga sho‘ng‘iydi. 32 yoshli Mxitirayan “Roma” safida 25 ta uchrashuvda 9 ta gol urgani uning narxi saqlanib qolishiga xizmat qildi xolos.

Eldor Shomurodov – narzi 500 ming yevroga oshdi. Transfer summasi 7 million yevro.
A Seriyada birinchi mavsumini o‘tkazayotgan legionerimiz Transfermarkt portalida o‘zi uchun rekord summaga baholandi. Garchi “Jenoa” hamyurtimizni olish uchun qo‘shimcha bonuslar bilan 9 million yevro to‘lashga roziligi aniq bo‘lsa-da, transferlar portali Eldorning narxini 6,5 million yevrodan oshirmagan edi.

Shomurodovning narxi ko‘tarilib borayotganini mutaxassislar quyidagi omillarga bog‘lamoqda. Eldor muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmoqda.”Yuventus”ning o‘zbek hujumchisiga qiziqishi bor. Eldor uchta gol urganidan tashqari, bir necha marotaba gollarda bevosita ishtirok etib, jamoadoshlarining to‘p kiritishiga qulay vaziyatlar yaratib berdi. O‘zbek hujumchisi “Jenoa” tarkibida 1307 daqiqa o‘ynab, jami 9 ta golga bevosita hissa qo‘shdi.

A Seriyaga qishda kelgan “Atalanta”ning ukrainalik yarim himoyachisi Viktor Kovalenko (6 million yevro) va “Fiorentina”ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kokorinning (4,5 million yevro) profili yangilangani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning narxi tushdi, Shomurodovniki esa ko‘tarildi!