Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.
Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"FIFA kunlaridan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz. Pandemiya tufayli ancha rejalar o‘zgarib ketdi. Yevropadagi terma jamoalar bilan muzokara o‘tkazishimiz mumkin edi, biroq ularda hozir Jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Shuning uchun, Afrikadan raqib tanlashga qaror qildik.
Gana kuchsiz raqib emas. Ular Afrikaning 5 karra chempioni hisoblanadi. Ular Toshkentga qanday tarkib bilan kelganidan qat’i nazar, kuchli raqib deb hisoblayman. Biz ham so‘nggi uchrashuvlarni legionerlarsiz o‘tkazdik. Bu jihatdan olib qaraganda, raqibning juda katta farqi yo‘q. Muhimi, bizning yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot