Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralash bahslari doirasida Serbiyaga (2:2) qarshi bellashuvdagi munozaralai vaziyat bo‘yicha bayonot berdi.
“Portugaliya terma jamoasi sardori bo‘lish – bu mening hayotimdagi eng sharafli va quvonarli holat. Men yurtim uchun borimni berishga tayyorman va bu munosabat hech qachon o‘zgarmaydi. Ammo shunday qiyin vaziyatlar bo‘ladiki, undan nafaqat biz balki butun millat aziyat chekadi. Boshingizni ko‘taring va keyingi chaqiriqni hoziroq qabul qiling! Olg‘a, Portugaliya” deya o‘zining Instagramdagi sahifasida post qoldirdi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Serbiya-Portugaliya (2:2) uchrashuvining hakam tomonidan qo‘shib berilgan 3-daqiqasida Ronaldu raqib darvozasini ishg‘ol etishga urindi. Ammo mezbonlar himoyachisi so‘nggi soniyalarda to‘pni darvoza chizig‘idan qaytarib qolishga erishdi. To‘p chiziqni to‘liq kesib o‘tishga ulgurgan bo‘lsada, hakamlar Krishtianuning golini inobatga olishmadi. Qanot hakamiga bosim o‘tkazishga uringan Ronaldu bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. Shundan keyin portgaliyalik hujumchi sardorlik bog‘ichini, yechib maydonga uloqtirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi