To‘rt kun oldin Namanganda Gana jamoasini mag‘lub etgan terma jamoamiz kecha Toshkentda Iroqqa imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Gana terma jamoasini ko‘rdik, mahalliy klublarda o‘ynaydigan futbolchilarni yig‘ib kelishibdi. Bizda esa ta’bir joiz bo‘lsa, hozirgi paytning eng kuchli futbolchilari jam bo‘ldi.
Mana shu eng kuchli futbolchilarimiz Iroq bilan o‘yinda g‘alaba tugul, gol ura olishmadi. Xo‘sh, bundan vahima qilish kerakmi? Vahima qilsa ham bo‘ladi, qilmasa ham. Vahimali tomoni shundki, biz o‘z maydonimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida mag‘lub bo‘ldik va buning ustiga FIFA reytingiga ta’sir qiladigan o‘yinni boy berdik. Bunday holatlar baribir jahlni chiqaradi.
Vahimasiz tomoni - bu bir o‘rtoqlik o‘yini edi va unda istalgan hisob qayd etilishi mumkin. Biz eng asosiysi iyun oyida Saudiya Arabistonida bo‘ladigan JCH saralash uchrashuvlarida o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. Vadim Abramov aytdiki, Saudiyada boshqacha o‘yin ko‘rsatamiz. Mening ham shunday bo‘lishiga ishongim kelyapti.
Hozir esa yangi murabbiy qidirish kerak, falonchi futbolchilarni olish kerak degan gaplardan foyda yo‘q. Xalqimizda kechuvda otlar almashtirilmaydi degan maqol bor. Eson-omon kechuvdan o‘tib olaylik, uyog‘i bir gap bo‘lar. Saralashning 3-bosqichiga chiqa olmasak, shundoq ham murabbiy ketadi. Mabodo chiqsak ham o‘zgaradimi? Bu borada obdon bosh qotirishga to‘g‘ri keladi.
Shunday ekan, hozirgi vaziyatda eng ma’qul yo‘l - uchta rasmiy bahsni o‘tkazib olish. Qolgan hammasi bekor. Agar bir bo‘lib harakat qilsak, Singapurni ham, Yamanni ham, kerak bo‘lsa Saudiyani ham yutishimizga ishonaman. Abramov shunday murabbiyki, u bugun Iroqqa yutqazib, ertaga Saudiyani yutib qo‘yishi mumkin. Muhimi, futbolchilar murabbiy aytganini to‘g‘ri bajarishsa bo‘lgani.
Muallif: Xayrulla Xoliqov
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi