Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi 5 mart kuni Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgandi. Bugun esa Erve Renar shogirdlari rasmiy o‘yinda maydonga tushishadi.
Ar Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Saudiya Arabistoni Falastin termasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin bizning vaqt bilan 22:30da start oladi. Guruhdagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston 9 ochko bilan 1-o‘rinda boryapti. Saudiya Arabistoni hisobida esa 8 ochko bor va bu jamoa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Falastin 4 ochko jamg‘argan holda oxirgi o‘rinda boryapti. Agar bugun Saudiya Arabistoni g‘alaba qozonsa, 11 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanadi. Shundan so‘ng O‘zbekiston va Saudiya Arabistonida bir xil - uchtadan o‘yin qoladi.
Bugungi bahsni Salmon Al Faraj jarohati sabab o‘tkazib yuboradi. Esingizda bo‘lsa, u Toshkentda Saudiya Arabistoni 3:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda 2ta gol urgandi. Shunga qaramay, Salim Al Dovsari, Yosir Al Shahrani kabi futbolchilar terma jamoa bilan birga, shuningdek, uzoq tanaffusdan so‘ng Fahad Al Muvallad yana bosh jamoaga qaytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi