17:03 / 03.04.2021
2 151

Davron Fayziyev bugungi jang oqshomi haqida fikr bildirdi

Davron Fayziyev bugungi jang oqshomi haqida fikr bildirdi
Xabaringiz bor, bugun "Humo arena" sport majmuasida proffesional jang oqshomi bo‘lib o‘tadi. Sharhlovchi va jurnalist Davron Fayziyev bugungi janglar oldidan o‘z fikrini bildirdi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatini qabul qiladigan bo‘ldi. Hech qanday syurpriz va kutilmagan holat emas. Hammasi mantiqan to‘g‘ri. Riodan so‘ng yetakchi pozitsiyalarga chiqqach, bokschilar profga o‘tish davrida ham darajani tushirishmadi. Avlodlar almashinuvi ham bir teksida o‘tdi va yulduzlar jiddiy raqobatga duch kelishmoqda. Futbolga parallel qilsak, hozir O‘zbekiston boksning Germaniyasi yoki Ispaniyasi.

Ya’ni, shunchaki yuqori texnikali vakillari bo‘lsayu, rivojlanish boshqa joylarda kechsa Braziliyasi degan bo‘lardim. Ammo tizimli kuchayish aynan men yuqorida e’tirof etgan mamlakatlarda bo‘lgan. O‘zbekistonda boshqa mamlakatlar terma jamoalari ham yig‘inlar o‘tkazishmoqda. Qit’adaku natija bo‘yicha anchadan beri 1-raqammiz. Tokioga ham kamida Kuba, AQSH va Rossiyadan kam bo‘lmagan favorit statusida boramiz. Demak, kim mundialni o‘zida qabul qilishga haqli? Ritorik savol. Boks uyiga kelgandek bo‘ladi.

Mana bugun prof boks olami muxlislarimizning ushbu sportga bo‘lgan mehrni his etadi. Dazn va matchrum kirmoqda. Oltin avlod titullarga zich keldi va o‘z kamarlarini birin-ketin tortib olishni boshladi. Albatta, bu darajaga chiqishda turli davrlarda boksimiz uchun jon kuydirgan murabbiy, mutasaddi va sportchilar xizmati ham unutilmasligi kerak, ular poydevorni qo‘yishgan. Endi esa mustahkam imoratga chiroyli bezak berish vaqti keldi.

Bugun jang qiladigan barcha vakillarimizga omad tilayman!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev bugungi jang oqshomi haqida fikr bildirdi