Markaziy jangga tobora yaqinlashyapmiz. Biroz avval eng og‘ir vazndagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov latviyalik Kristaps Zutsisni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Jang yakunlanganidan so‘ng Jalolov saytimiz muxbiriga intervyu berdi.
"Avvalo, bugungi professional boks kechasini tashkil etib bergan davlatimiz va boks federatsiyamiz rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Bunday boks oqshomlari nafaqat Osiyoda, balki AQSHda ham kam o‘tkaziladi. Buni Amerikadan kelgan murabbiylarimiz ham alohida ta’kidlashdi. Ayniqsa, muxlislar bilan o‘tgan boks kechasi oqshomning yanada yorqin bo‘lishini ta’minlayapti. Shu o‘rinda bugungi raqibimga ham minnatdorlik bildiraman.
Og‘ir vazndagi aksariyat bokschilar o‘zlarini osmon tutishadi, mensimagandek tutishadi. Latviyalik bokschi esa jangdan oldin meni kuzatib borishini aytdi. Jang yakunlanganidan keyin ham qo‘limni ko‘tarib, hurmat ko‘rsatdi. O‘z o‘rnida unga rahmat aytdim va keyingi faoliyatida omad tiladim. Hozirgi asosiy maqsadim - Olimpiada oltin medali. Nasib qilsa, og‘ir vazndagi ilk Olimpiada oltin medalini O‘zbekistonga taqdim etamiz", - dedi Jalolov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi