
Hozirgina, Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida 3 aprel sanasida "Humo Arena" sport saroyida ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jang kechasida ishtirok etgan barcha bokschilar qatnashib, OAV savollariga javob berdi. Unda ishtirok etgan Bahodir Jalolov AIBA prezidenti Umar Kremlyov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat haqida gapirib berdi:
"O‘sha boks kechasidan so‘ng, men, Isroil va Murodjon Umar Kremlyov bilan tushlik qildik. 2-3 soat davomida suhbat qurdik. U boksdagi tajribasidan kelib chiqib, bizga bir qator tavsiyalar berdi. Yoshlikdan qattiq mehnat qilinglar, deb aytib o‘tdi. U har qanday yordamga tayyor ekanini bildirdi.
U yana bir qiziq gapni aytib o‘tdi. Futbolda olimpiya o‘yinlarini hech kim bilmaydi, jahon chempionati esa katta nufuzga ega, boksda ham mana shunday darajaga erishishimiz lozim, men jahon chempionatining nufuzini oshirmoqchiman, keyingi jahon chempionati g‘olibligi uchun 100 ming dollar qo‘ymoqchiman, qabilidagi fikrlarni bildirdi", - dedi Jalolov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar