19:43 / 07.04.2021
3 164

Endi O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini boshqa telekanalda tomosha qilamiz!

Endi O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini boshqa telekanalda tomosha qilamiz!
"UZRЕPORT TV" telekanali "JCH-2022" Osiyo qit’asi saralashi, Osiyo Kubogi, OCHL va OFKning boshqa musobaqalari translyatsiya huquqini xarid qildi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar bermoqda.

"UZRЕPORT TV" hamda "FUTBOL TV" telekanallari bir necha yillardan beri Jahon va Yevropaning eng muhim va qiziqarli futbol musobaqalarini muxlislar e’tiboriga jonli efirda taqdim qilib kelayotganidan xabaringiz bor.

Millionlab o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, "UZRЕPORT TV" telekanali O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda o‘zbek klublari ishtirok etadigan rasmiy musobaqalar, ya’ni Jahon chempionati saralashi, Osiyo Kubogi, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlari, Osiyo chempionlar ligasi, OFK Kubogi translyatsiya huquqini xarid qildi.

Endilikda yurtimizdagi muxlislar milliy hamda U-23 terma jamoamizning Jahon chempionati saralash o‘yinlari va Osiyo chempionatidagi ishtiroklarinini, shuningdek, Osiyo Kubogidagi uchrashuvlarini, o‘zbek klublarining OCHLdagi ishtiroklarini sevimli sharhlovchilari bilan birgalikda "UZRЕPORT TV" hamda "FUTBOL TV" telekanallarida jonli efirda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun, kelasi yil o‘tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Shuningdek, futzal ishqibozlari ham telekanallarimiz orqali Osiyo chempionati finallarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ayollar futboli ishqibozlari ham "UZRЕPORT TV" hamda "FUTBOL TV" orqali ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘yinlarini kuzatib borishlari mumikin.

"UZRЕPORT TV" hamda "FUTBOL TV" telekanallari tomonidan translyatsiya huquqi xarid qilingan musobaqalar:
1) "Osiyo Kubogi-2023"
2) "JCH-2022" Osiyo saralashining so‘nggi bosqichi
3) U-23 Osiyo chempionati (2022 va 2024)
4) Ayollar o‘rtasidagi "Osiyo kubogi-2022"
5) OFK Birdamlik Kubogi 2024
6) OFK chempionlar Ligasi 2021, 2022, 2023 va 2024-yilgi mavsum (guruh bosqichi, pley-off bosqichi va final)
7) OFK Kubogi 2021, 2022, 2023, 2024 (guruh bosqichi, pley-off bosqichi va final)
8) U-20 "Osiyo chempionati-2023" finali
9) U-17 "Osiyo chempionati-2023" finali
10) Ayolar o‘rtasidagi U-20 "Osiyo chempionati -2022" va 2024 finallari
11) Ayolar o‘rtasidagi U-17 "Osiyo chempionati -2022" va 2024 finallari
12) Futzal bo‘yicha "Osiyo chempionati -2022" va 2024 finallari
13) Futzal bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi "Osiyo chempionati-2021", 2022, 2023, va 2024 yilgi finallar", - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini boshqa telekanalda tomosha qilamiz!