
Olmaliqning AGMK jamoasi Qatarning "Al Garafa" klubini OCHL saralashining pley-off bahsida 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘l oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu g‘alaba evaziga nafaqat OCHL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi, balki o‘tgan mavsum Superligada kumush medalini qo‘lga kiritgan "Nasaf" klubining OFK kubogida ishtirok etishiga ham sababchi bo‘ldi.
Shunday qilib, "Nasaf" OFK kubogining yangi mavsumida "F" guruhida o‘ynaydi. Ushbu "kvartet"da "Nasaf" (O‘zbekiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo‘jand" (Tojikiston) va "Oloy" (Qirg‘iziston) jamoalari joylashdi.
Guruh o‘yinlari 14-20 may kunlari markazlashtirilgan holda Tojikistonda o‘tkaziladi. Quyida taqvim bilan tanishasiz.
OFK Kubogi-2021.
Markaziy Osiyo
"F" guruhi
Joy – Dushanbe, Tojikiston
"Nasaf" (O‘zbekiston)
"Oltin Asir" (Turkmaniston)
"Xo‘jand" (Tojikiston)
"Alay" (Qirg‘iziston)
1-tur
14 may (juma)
"Nasaf" (O‘zbekiston) – "Alay" (Qirg‘iziston)
"Oltin Asir" (Turkmaniston) – "Xo‘jand" (Tojikiston)
2-tur
17 may (dushanba)
"Alay" (Qirg‘iziston) – "Oltin Asir" (Turkmaniston)
"Xo‘jand" (Tojikiston) – "Nasaf" (O‘zbekiston)
3-tur
20 may (payshanba)
"Nasaf" (O‘zbekiston) – "Oltin Asir" (Turkmaniston)
"Xo‘jand" (Tojikiston) – "Alay" (Qirg‘iziston) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar