Hakamlar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan "Mash’al" - "Qo‘qon -1912" uchrashuvi videosharhini tomosha qiling

Hakamlar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan "Mash’al" - "Qo‘qon -1912" uchrashuvi videosharhini tomosha qiling
Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Shu kuni “Qo‘qon-1912” safarda “Mash’al”ga qarshi bahs olib bordi.

Muborakdagi bellashuv 0:2 hisobida qo‘qonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, o‘yindagi dastlabki gol hakamlarning qo‘pol xatosi bilan sodir bo‘ldi. Gap shundaki, 51-daqiqada Mo‘minjon Meliyevning yo‘llagan zarbasi “Mash’al” darvozasiga tashqi tomondan kirdi. Bosh hakam Vadim Agishev esa golni inobatga oldi. “Qo‘qon-1912”ning ikkinchi goliga Shohnazar Norbekov (77') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar