Foto: UFC
UFC’ning o‘zbekistonlik jangchisi Mahmud Murodov (25-6, 17 KO) iyul oyida oktagonga qaytadi.
Murodov UFC 264 doirasida 10 iyul kuni Dubaydagi «Jangchilar oroli»da oktagonga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi rasman ma’lum emas. Sportchining o‘zi esa UFC’dan raqib sifatida o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni Kris Vaydmanni (15-5, 6 KO) berishlarini so‘ragan.
Ma’lumot uchun, UFC 264 musobaqasining asosiy jangi Konor Makgregor hamda Dastin Pore o‘rtasida kechadi.
Murodov UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Mahmud so‘nggi jangida 2021 yilning yanvar oyida Endryu Sanchesni nokautga uchratgandi.
36 yoshli Vaydman esa so‘nggi bor 2020 yilning avgustida oktagonga ko‘tarilgan va unda rossiyalik Omari Ahmedovdan ustun kelgandi. Vaydman o‘z vaqtida UFC afsonasi Anderson Silvani mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasi chempionligini qo‘lga kiritgan. U faoliyati davomida Vitor Belfort, Demian Mayya, Lioto Machida, Kelvin Gastelum kabi yulduzlarni taslim etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi