Foto: «Uza.uz»
Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XV xalqaro turnir yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Pandemiya sharoitida o‘tkazilgan joriy yilgi sport bayramida 27 davlatdan yuzdan ziyod polvon va mehmonlar ishtirok etdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan bellashuvning mutlaq vazn toifasidagi kurashda o‘zbekistonlik mashhur polvon Muhsin Hisomiddinov tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyevni yengib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 ming AQSH dollariga sazovar bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni egallagan tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyevga 5 ming AQSH dollari pul mukofoti berildi. Uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Yaxyo Imomov va tojikistonlik Nematullo Arslanqulovlarning har biriga 3 ming 500 AQSH dollari miqdoridagi sovrin nasib etdi.
Shuningdek, «Alpomish» stadionida bugun erta tongdan erkaklar 60, 66 va 73 kilogram vazn toifasida, ayollar +70 kilo vaznda gilamga tushib, o‘z mahoratini namoyish etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 60 kilogram vazn toifasida tojikistonlik Muhammadrizo Quvatov birinchi, o‘zbekistonlik Abdulaziz Hamroyev ikkinchi va o‘zbekistonlik Akobir Qurbonov hamda qozog‘istonlik Seilxon Kanatlar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 66 kilo vaznda gilamga tushgan polvonlar o‘rtasida o‘zbekistonlik Qobuljon Ahmedov birinchi, qozog‘istonlik Amirali Atabek ikkinchi, o‘zbekistonlik Rustam Bo‘riyev va afg‘onistonlik Muhammad Yusuf Shuaibhlar uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
73 kilogramm vazn toifasida birinchi o‘rin qozog‘istonlik Sabir Safarboyevga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Umidjon Abdullayev, ikkita uchinchi o‘rinni o‘zbekistonlik O‘rol Soliqov va tojikistonlik Ilsokzoda Xusaynirlar egalladi.
Ayollarning +70 kilogram vazndagi bellashuvlarida g‘oliblik shohsupasiga o‘zbekistonlik Pokizaxon Kamoliddinova ko‘tarildi. Qozog‘istonlik Azman Amayeva ikkinchi o‘rinni oldi. O‘zbekistonlik Flyura Ergasheva hamda rossiyalik Guseyo Vladiyenolar uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Xalqaro turnirda birinchi o‘rinni olgan polvonlar 3 ming, ikkinchi o‘rin ikki ming va ikkita uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlarning har biri 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi