"Chiroyli derbi bo‘ldi. O‘yin ham chiroyli o‘tdi. Ikkita juda ham yaxshi jamoalar o‘rtasidagi bahs. Yutganimiz adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. "Lokomotiv" yaxshi o‘yin namoyish etdi, urilgan ikkala gol ham chiroyli bo‘ldi. Barcha futbolchilarimni tabriklayman. Astoydil g‘alaba uchun kurashishdi. Shu jamoada ishlaydigan barchani tabriklayman, chunki barcha katta mehnat qildi. Ishlash uchun hamma sharoit yaratib berildi", - deydi Sekeyra.
- Raqib 2:0 bo‘lguniga qadar deyarli yugurmadi, shunda "Lokomotiv" tezlikni oshirishi mumkinmidi?
- Birinchi taymdan so‘ng Diyorni chapga, Azizni o‘ngga o‘tkazdik. Ikkalasi yaxshi o‘ynashdi. Maydon markazida ham pozitsion o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Ko‘rsatmalarni futbolchilarim to‘liq bajarib berishdi.
- Legioner sifatida olib kelingan Diyego Bardanka so‘nggi o‘yinlarda kam maydonga tushmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bardanka O‘zbekistonda yangi. U o‘zbek futboliga moslashib ketishi uchun biroz muddat kerak bo‘ladi.
- Oltita tur ortda qoldi, lekin "Lokomotiv"da portugalcha futbol ko‘zga tashlanmayapti. Bu jamoa siznikimi yoki hali o‘z uslubingizni singdira olmadingizmi?
- Bu haqiqiy O‘zbekiston futbolini ko‘rish uchun ozgina vaqt kerak bo‘ldi. Chempionat boshlangan ilk kundan buni kuzatishga urindim. O‘zbekiston va Yevropa futboli boshqa-boshqa. O‘zbek futboliga singib ketishim kerak edi, qisqa fursat ichida bunga erisha oldim deb o‘ylayman.
- Birinchi taymda raqib juda sust va juda sekin o‘yin ko‘rsatdi. Lekin ular tezlikni oshirganidan keyin "Lokomotiv" tashabbusni berib qo‘ydi...
- To‘g‘ri aytdingiz. Raqib juda ham keng o‘ynay boshlashdi va men yana bir himoyachini maydonga tushirishga majbur bo‘ldim. Bardanka maydonga tushgach raqib hujumlari kamaydi.
So‘nggi so‘z o‘rnida bugungi natija biz uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi bo‘ldi. Bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Endi "Andijon" bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi