21:46 / 17.04.2021
4 781

Denis Ivankov: «Bu ketishda o‘zbek futbolida falokat yuz beradi»


O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Danis Ivankov bilan intervyu tashkillashtirildi. Ushbu suhbat davomida, qahramonimiz «Paxtakor» jamoasidan nega ketgani va hozirgi o‘zbek futbolidagi eng katta muammolar haqida fikr bildirdi.

- «Paxtakor» jamoasida darvozabonlar bilan ishlovchi kuchli mutaxassisning yo‘qligi, terma jamoaga zarar keltiradimi?
- Hozir jim turmasligi kerak. Hozir mehnat qilishimiz shart. Sababi, bizning futbolda muammo mavjud. Qanday tushuntirsam ekan?! Biror bir inson saraton kasalligi bilan og‘rib qolsa, uni ko‘p holatlarda kech payqaydi. O‘z vaqtida muammo bartaraf etilmagani uchun olamdan o‘tadi. Agar uni o‘z vaqtida davolash boshlanganida, bemalol qutqarib qolish mumkin edi. Hatto, bir muncha vaqt o‘tganidan keyin sog‘aygan bemor kasallik haqida unutib ham yuboradi. Bizda ham shu voqeaning analogi sodir bo‘lmoqda. Agar yaxshi tayyorgarlik ko‘rib borsang, muammoga duch kelmaysan.

Achinarlisi shundaki, bizda kuchli darvozabonlar kam. Hozir bu omil ko‘zga tashlanmasligi mumkin, lekin vaqt o‘tib bu fojiaga aylanib ketadi. O‘z vaqtida kerakli choralar ko‘rilmagani uchun kuchli darvozabonlardan ayrilib qolishimiz tayin. Men yurtimizdagi ko‘plab darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiylarni ko‘rganman. Ularning aksariyati mashg‘ulotlarni shunchaki o‘tkazadi xolos. Agar xalq jamoasida bunga e’tibor kam bo‘lsa, boshqalardan nima kutish mumkin?! Yaxshi mutaxassislar bor.Ular yurtimizda yo‘q deya olmayman. Yana takrorlayman, hozir muammoni bartaraf etmasak, bu keyinchalik futbolimizdagi ayanchli voqealarga sabab bo‘ladi.

- Nima uchun o‘zbek darvozabonlari legionerga aylana olmayapti?
- Bu darvozabonlarni tayyorlaydigan murabbiylarga qarata beriladigan savol. Bizda xalqaro darajada faoliyat olib boradigan kiperlar murabbiyi yo‘q. Kerakli o‘rinlarda kerakli kadrlar ishlaganida, bizning yigitlar bemalol legioner maqomida boshqa chempionatlarga yo‘l olishi aniq. Ularni boshqalardan kuchsiz deb bo‘lmaydi. Shunchaki, mashg‘ulotlar orqali posbonlarni yangi darajaga olib chiqish lozim. Hammasi bizning bo‘sh harakat qilayotganimiz bilan bog‘liq. Men bunga mendan boshqa hamma aybdor demoqchi emasman. Bunda mening ham aybim bor. Qayerdadir xato qilganman. Agar birgalikda harakat qilsak, ko‘zlangan maqsadga albatta erishamiz.

- Terma jamoamizni JCHga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bilasizmi, men hatto, JCHga chiqa olmaslik haqida o‘ylashni ham istamayman. Men mundialga yo‘l olmoqchiman! Buni barcha istaydi. Oddiy insonlardan tortib jurnalistlargacha hamma buni istamoqda. Butun umr qora mehnat evaziga kun ko‘rayotgan cheka qishloqdagi vatandoshlarimiz ham buni xohlaydi. Hech bo‘lmaganda, ularning ko‘zlarida quvonchi uchun bu ishni uddalash shart. Birinchi navbatda mamlakatimizdagi futbol ravnaqi uchun harakat qilish shart. Bu yerda imkoniyatlarimiz haqida gap-so‘z ham bo‘lishi mumkinmas. Chiqishimiz kerak tamom! Boshqachasiga urinib ko‘rmasa ham bo‘ladi. Ikkinchi jahon urishida imkonsiz ishni uddalaganmizku! Chekinishga haqqimiz yo‘q, ortda Moskva turibdi deyilganida, bobolarimiz vatan mudofaasi uchun turib berganku! Imkonsiz ishning o‘zi yo‘q. Shunchaki, mundialga chiqishni juda ham istash kerak. Bor kuchni sarflash va mehnat qilish darkor. Eng muhimi birgalikda maqsad sari harakat qilish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Ivankov: «Bu ketishda o‘zbek futbolida falokat yuz beradi»