Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video)

Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video)
Bugun Belarus Oliy ligasida 5-tur o‘yinlari start oldi. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE klubi o‘z maydonida "Energetik-BGU" jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, jamoasining ikkinchi goliga hammualliflik qildi va 79-daqiqada zaxiraga olindi. Mazkur g‘alabadan so‘ng borisovliklar hisobidagi ochkolar soni 11 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringda bormoqda.
Oliy liga. 5-tur
BATE - "Energetik-BGU" 2:1
Gollar
: Dragun (21, 23) - Vasilev (30 pen).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar