Bugun Osiyo Chempionlar ligasi ikkinchi turi doirasida Markaziy Osiyo derbisi guvohiga aylanamiz. O‘tgan turda bir ochkodan qo‘lga kiritishgan AGMK hamda “Istiqlol” o‘zaro kuch sinashishadi.
Ushbu bahsga qiziqish katta. Mazkur to‘qnashuvdan avval “Istiqlol” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z munosabatini bildirar ekan, AGMK haqida ham iliq fikrlarni aytdi.
- Darhaqiqat, qiziqarli o‘yinni kutishimiz mumkin. Axir Markaziy Osiyodagi qo‘shnilar uchrashishadi. Qolaversa, dastlabki o‘yinda barcha jamoalar yaxshi natija uchun chog‘langanlarini ko‘rsatishdi. Bunday mahalda shunchaki oddiy o‘yin bo‘lmaydi. Sababi, har bir klub qattiq kurashga bel bog‘lagan.
AGMK futbolchilaridan aynan kimlarnidir ajratib ko‘rsatishni istamasdim. Faqat shuni aytishim mumkinki, bu juda uyushqoq jamoa va AGMKga qarshi bo‘lajak o‘yin o‘ta qiziqarli qarama-qarshilikka aylanib ketadi, deya olaman.
Yana shuni ta’kidlashim mumkinki, AGMK Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga haqli ravishda yo‘l olgan. Ahamiyatlisi, jamoa bu yo‘lda Qatarning eng kuchli klublaridan biri hisoblanmish “Al-Garafa”ni dog‘da qoldirishga erishgan. Shu natijaning o‘ziyoq AGMKning ancha jiddiy raqib ekanligidan dalolat beradi, - deya fikrini yakunladi, Levchenko. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"