10:23 / 18.04.2021
2 627

"Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi?


Bugun Osiyo Chempionlar ligasi ikkinchi turi doirasida Markaziy Osiyo derbisi guvohiga aylanamiz. O‘tgan turda bir ochkodan qo‘lga kiritishgan AGMK hamda “Istiqlol” o‘zaro kuch sinashishadi.

Ushbu bahsga qiziqish katta. Mazkur to‘qnashuvdan avval “Istiqlol” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z munosabatini bildirar ekan, AGMK haqida ham iliq fikrlarni aytdi.

- Darhaqiqat, qiziqarli o‘yinni kutishimiz mumkin. Axir Markaziy Osiyodagi qo‘shnilar uchrashishadi. Qolaversa, dastlabki o‘yinda barcha jamoalar yaxshi natija uchun chog‘langanlarini ko‘rsatishdi. Bunday mahalda shunchaki oddiy o‘yin bo‘lmaydi. Sababi, har bir klub qattiq kurashga bel bog‘lagan.

AGMK futbolchilaridan aynan kimlarnidir ajratib ko‘rsatishni istamasdim. Faqat shuni aytishim mumkinki, bu juda uyushqoq jamoa va AGMKga qarshi bo‘lajak o‘yin o‘ta qiziqarli qarama-qarshilikka aylanib ketadi, deya olaman.

Yana shuni ta’kidlashim mumkinki, AGMK Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga haqli ravishda yo‘l olgan. Ahamiyatlisi, jamoa bu yo‘lda Qatarning eng kuchli klublaridan biri hisoblanmish “Al-Garafa”ni dog‘da qoldirishga erishgan. Shu natijaning o‘ziyoq AGMKning ancha jiddiy raqib ekanligidan dalolat beradi, - deya fikrini yakunladi, Levchenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi?