Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida "Sharja" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borib, 4;1 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yindan so‘ng, BAA klubi bosh murabbiyi Abdulaziz Al Anbari quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Avvalo, futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytmoqchiman. O‘yin davomida ular to‘liq kuch bilan harakat qildi.
Ayni paytda tarkibimizda harakat qilayotgan futbolchilarga rahmat aytishdan charchamayman. Ular asosiy futbolchilarimizning yo‘qligini bildirmaslikka qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqdalar. Yelkalarida katta bosim turibdi. Bugungi sinovimiz ham oson emasdi. Bugun jamoa sifatida yaxshi harakat qildik. Igor Koronado va Al Hasan Salehning qaytishi bilan yanada yaxshiroq o‘yin o‘tkazishimiz mumkin bo‘ladi.
Birinchi bo‘lim ancha qiyin o‘tdi. Sababi, to‘p nazoratini saqlay olmadik. Ikkinchi golni urib olgach esa, ancha xotirjam harakat qilib, o‘z futbolimizni namoyish etdik. O‘ylaymanki, oldinda kutib turgan o‘yinlarda ham mana shu taxlit harakat qilishda davom etamiz. Maqsadimiz keyingi bosqichga yo‘l olish va u yerda ham BAA futboli nufuzini himoya qilish", - deydi Al Anbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"