23:50 / 21.04.2021
2 411

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq mag‘lub etdi


Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha "Gubernator kubogi"ning bugungi kundan o‘rin olgan so‘ngi uchrashuvi ham o‘z yakuniga yetdi.

Unda ringga ko‘tarilgan og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Bahodir Jalolov rossiyalik Artyom Fyodorovga qarshi jang qildi.

Ushbu bahs birinchi raundning dastlabki daqiqalaridayoq o‘z yakuniga yetdi. Ketma-ket ikki bora nokdaun holatiga tushib qolgan rus bokschisi jangni davom ettira olmadi.

Chunki uning murabbiylari shunday qarorga keldi. Shu tariqa yurtdoshimiz ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq mag‘lub etdi