
Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha "Gubernator kubogi"ning bugungi kundan o‘rin olgan so‘ngi uchrashuvi ham o‘z yakuniga yetdi.
Unda ringga ko‘tarilgan og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Bahodir Jalolov rossiyalik Artyom Fyodorovga qarshi jang qildi.
Ushbu bahs birinchi raundning dastlabki daqiqalaridayoq o‘z yakuniga yetdi. Ketma-ket ikki bora nokdaun holatiga tushib qolgan rus bokschisi jangni davom ettira olmadi.
Chunki uning murabbiylari shunday qarorga keldi. Shu tariqa yurtdoshimiz ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar