2 847
"Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Sharja" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Sharja" uchrashuvidan (1:1) so‘ng, BAA klubi bosh murabbiyi Abdulaziz Al Anbari matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Paxtakor"ga o‘xshash to‘p nazoratini xush ko‘ruvchi jamoalarga qarshi o‘tuvchi bu kabi o‘yinlar qiyin o‘tadi.
Ochig‘ini tan olib aytishim kerak, birinchi bahs natijasiga ishonib qolgan ko‘pchilik futbolchilarim o‘zlarining normal holatidan ham past o‘yin namoyish etdi. Xayriyatki, yakunda natija bizni qoniqtiradigan darajada bo‘ldi. Biz o‘z kuchimizga ishonib qoldik: sababi, milliy chempionatimizda deyarli finishga yaqinlashib qoldik. "Paxtakor" esa endi 6 ta bahsda maydonga tushdi.
Men zaxiradan qo‘shilgan futbolchilarning harakatlaridan mamnunman. Bunday turnirlarda asosiy tarkibdagi futbolchilar katta rol o‘ynaydi. Ular 100 foiz tayyor bo‘lgan holda o‘yinlarga yetib kelmoqda va men bundan xursandman", - dedi Al Anbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"