20:35 / 24.04.2021
2 818

"Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Sharja" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Sharja" uchrashuvidan (1:1) so‘ng, BAA klubi bosh murabbiyi Abdulaziz Al Anbari matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Paxtakor"ga o‘xshash to‘p nazoratini xush ko‘ruvchi jamoalarga qarshi o‘tuvchi bu kabi o‘yinlar qiyin o‘tadi.
Ochig‘ini tan olib aytishim kerak, birinchi bahs natijasiga ishonib qolgan ko‘pchilik futbolchilarim o‘zlarining normal holatidan ham past o‘yin namoyish etdi. Xayriyatki, yakunda natija bizni qoniqtiradigan darajada bo‘ldi. Biz o‘z kuchimizga ishonib qoldik: sababi, milliy chempionatimizda deyarli finishga yaqinlashib qoldik. "Paxtakor" esa endi 6 ta bahsda maydonga tushdi.

Men zaxiradan qo‘shilgan futbolchilarning harakatlaridan mamnunman. Bunday turnirlarda asosiy tarkibdagi futbolchilar katta rol o‘ynaydi. Ular 100 foiz tayyor bo‘lgan holda o‘yinlarga yetib kelmoqda va men bundan xursandman", - dedi Al Anbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Sharja" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi