08:55 / 26.04.2021
1 994

"Traktor" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Tabrizning "Traktor" klubiga qarshi bahs olib boradi. Muhim uchrashuv oldidan eronliklar bosh murabbiyi Rasul Xatibi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"O‘z ligasining peshqadami va juda yuqori sifatli futbolchilarga ega bo‘lgan "Paxtakor"ga qarshi muhim o‘yin qarshisida turibmiz. Ular ushbu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik bilan kelgan va biz ham aqliy-psixologik tomondan yaxshi darajali futbolchilarga egamiz. Bu hal qiluvchi o‘yin. 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Fikrimcha, bu guruhdan 3 ta jamoa pley-offga chiqishi kerak edi, 1 ta yoki 2 ta emas. Ushbu to‘rtlikning qanday raqobat olib borayotganidan ham buni ko‘rib olishingiz mumkin. Boshqa guruhlarda allaqachon ko‘pgina masalalar oydinlashib ulgurgan bir paytda, bizning kvartetimizda har bir jamoada kelgusi bosqich imkoniyati saqlanib turibdi.

Keling, o‘tgan o‘yinni unutishga harakat qilamiz. Ushbu bellashuvda jamoalar bir-birlarini ancha yaxshi bilgan holda maydonga tushadilar va bahs kartinasi ham boshqacha bo‘ladi. Men muxlislarimizga va’da berib ayta olamanki, futbolchilarim bilan 3 ochkoni yutish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiramiz", - dedi Xatibi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Traktor" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?