Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan AGMK klubi "Al-Hilol"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
Mirjalol Qosimov: "Avvalambor, Assalomu alaykum. O‘yinga o‘tishdan avval musobaqadagi ikki xil taassurotim haqida gapirmoqchiman. Hali musobaqa tugamadi va bizni oxirgi turdagi bahs kutmoqda. Lekin bugungi mag‘lubiyatdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatlari qolmadi. Fursatdan foydalanib tashkilotchilarga guruh bosqichini yaxshi darajada o‘tkazishayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Xursand qiladigan tarafi, nufuzli musobaqada qatnashdik. Bu jamoa uchun katta maktab. Shuningdek, musobaqa davomida doim bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislariga katta rahmat aytaman.
Ikkinchi tarafi, ya’ni, yoqmagan jihat bu o‘zimizning xatolar tufayli ko‘plab gollarni o‘tkazib yuborganimiz bo‘ldi. Hayot davom etadi. Bu futbol, unda kimdir yutadi va kimdir yutqazadi.
O‘yinga keladigan bo‘lsak, "Al Hilol" kuchli ijrochilarga ega jamoa. Bugun ular haqli g‘alaba qozonishdi. Birinchi bo‘limda 40-daqiqagacha yaxshi harakatlandik. Lekin rikoshet orqali urilgan gol va ikkinchi taymdagi tezkor gol jamoaga ruhan ta’sir qildi". “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"