
Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida "Premier Boxing Champions" promouterlik kompaniyasi tomonidan jang oqshomi tashkil etildi.
Asosiy janglarning birida super yarim o‘rta vaznda (-69,8 kg) WBC eliminator jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorxe Kotaga qarshi ringga ko‘tarilgan Sebastyan Fundora raqibini 4-raundda nokautga uchratdi va WBC yo‘nalishida majburiy da’vogarga aylandi. Mazkur vaznda WBA Regular chempioni Erislandi Lara bitta yuqori o‘rta vazn toifasida (-72,5 kg) ham vakant bo‘lib turgan WBA Regular kamarini qo‘lga kiritdi. Tomas Lamannaga qarshi bahsda Lara 1-raundda muddatidan avval g‘alaba qozondi.
WBA eliminator maqomidagi markaziy jangda meksikalik Endi Ruis (34-2, 22 KO) amerikalik Kris Arreolaga (38-7-1, 33 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 2-raunda nokdaun holatiga tushganiga qaramay, keyingi raundlarda tiklanishga ulgurgan Ruis 12 raund yakuniga ko‘ra, 118-109, 118-109, 117-110 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, Ruis 2019 yilda Entoni Joshuani nokautga uchratib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va keyinchalik 2-jangda imkoniyatni boy bergan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar