23:22 / 02.05.2021
2 402

"Inter" 11 yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriyada g‘olib chiqdi


"Atalanta" bugun A Seriyaning 34-turida safarda "Sassuolo"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
E’tiborlisi, 2-o‘rinda borayotgan “Atalanta” mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda peshqadam "Inter"dan 13 ochkoga ortda qolib ketdi. Natijada “neradzurrilar” muddatidan avval chempionlikni naqd qilishdi.

"Inter" "skudetto"ni o‘z tarixida 19-marta qo‘lga kiritdi. Bu borada ular hamshahari "Milan"ni (18) ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Italiya chempionatida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa bu "Yuventus" (36) hisoblanadi.

“Inter” so‘nggi bor 2010 yilda A Seriyada chempion bo‘lgan. O‘shanda jamoani Joze Mourino boshqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Inter" 11 yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriyada g‘olib chiqdi