20:00 / 03.05.2021
3 137

Chempionlikni topshirgan “Yuventus” yulduzlaridan voz kechadi


Joriy mavsumda chempionlik unvonini himoya qila olmagan va UYEFA Chempionlar ligasida bosh sovrindan quruq qolgan “Yuventus”da jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi.

Italiya matbuoti tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Yevropa Superligasiga bosh qo‘shgan klub prezidenti Andrea Anelli o‘rnini direktorlar kengashi yetakchilaridan biri Adessandro Nasi egallaydi.

Sport direktori Fabio Paratichi o‘rniga uning “Inter” va “Napoli”dagi hamkasblari Juzeppe Marotta va Kristian Juntoli, “Yuve”da o‘ynagan Alessandro Del Pero va David Trezege nomzod hisoblanadi.

Bosh murabbiy Andrea Pirloning ham kursisi qimirlab qolgan. Uning lavozimiga asosiy da’vogar sifatida Massimiliano Allegri kelishi kutilmoqda. Manbalar bu mutaxassis Turinga kelgani haqida ma’lumot bermoqda.

Tabiiyki, jamoa tarkibi ham tozalanadi. Birinchilardan bo‘lib, Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala ketishi kutilmoqda. Yangi tarkibni Pirloni o‘rnini egallaydigan murabbiy tanlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlikni topshirgan “Yuventus” yulduzlaridan voz kechadi