
Prezident tomonidan «Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Quyidagilar boksni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- boksni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
- boks infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish, boks maktablarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘paytirish;
- boks bo‘yicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metodologik bazani yanada kuchaytirish;
- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga boksni bosqichma-bosqich kiritish;
- o‘zbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
- ayollar boksini rivojlantirish yuzasidan uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- sport ta’lim muassasalarida boks bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish.
Boks maktablarida o‘qish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi, bunda o‘quvchilarga bepul ta’lim olish, olimpiya zaxiralari kollejlarining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda o‘quvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi.
Rahbarlar, trenerlar, sportchilar va boshqa xodimlarga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;
- Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
- Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadli ko‘rsatkichlari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar