Tunda UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda "Chelsi" "Real"ni taslim etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuv haqida taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziyev o‘z "Telegram" kanalida quyidagicha post qoldirdi:
"Chelsi". Mendi eng og‘ir vaziyatlarda qutqardi. Uchta himoyachi Benzemani to‘xtatdi va Azarga o‘yin bermadi. Markazda Jorjino va Kante Modrich-Kroosdan tezroq o‘ynadi. Maunt esa Kazemironi himoyada vazifalar bilan yuklab tashladi. "Real" qanotga chiqarildi. Ikkinchi qavatni esa "Chelsi" yutib chiqdi. Himoya-hujum-himoya marshrutini "Chelsi" yaxshiroq bosib o‘tdi. Xavers va Verner joy almashib chalg‘itishdi. Tuxelning eng katta ishi "Real"ni bo‘shliqdan mahrum qildi. Chiziqlarni ajratib tashladi va bo‘linganlarni yeb tashladi. Mayda fol taktikasini samarali ishlatdi. 90 daqiqa pressing qildi. Yuksak jismoniy holat namoyish etdi.
"Real". Ramos jarohat bilan o‘ynagani sezildi. Plyus 1-taymda sariq olib uyog‘iga ehtiyot bo‘ldi. "Real" hech qo‘llamagan uslubda o‘ynadi. Markaziy himoyada 3 futbolchi. Faol qanotlar ishlamadi. Mendi hujumda, Vinisius esa himoyada yordam berolmadi. 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynaganda kerak payt yana ikkita qo‘shilib, 5 taga aylanadi. Biroq, Real aynan 3 himoyachi bilan o‘ynadi, ular ham juda sekin xarakat qilishdi.
Kazemiro Mauntga bas kelolmadi. Modrichda tezlik, Kroosda esa keskinlashtiruvchi paslar oqsadi. Azar o‘z imkoniyatining yarmini ham ko‘satmadi. Uni maydonda paytidayoq o‘yindan chiqarib yuborishdi. Benzema uch himoyachiga qarshi kurashdi. Qanotdan yordam kelmadi. Shunda ham ikkita vaziyat qildi. "Real" safida yarim final natijasiga ko‘ra bosh egmagan yagona futbolchi.
Ba’zida yarim finallar dramaga aylanadi. Oxirida janjallar chiqadi. Tomoshabinlar ham ancha vaqtgacha emotsiyani bosa olishmaydi. Lekin bu safar "Real"ning ko‘plab adekvat muxlislari ham shunchaki "Chelsi" yaxshiroq o‘ynaganini tan olishdi. Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun", - deb yozib qoldirdi Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi