12:00 / 08.05.2021
2 578

Hammasi hal bo‘ldi. Neymar bugun yangi shartnoma imzolaydi!


PSJ rahbariyati nihoyat Neymarni klubda qolishga ko‘ndirdi. Fransiyaning mashhur L’Equipe nashri xabar berishicha, klub braziliyalik futbolchi bilan 8 may kuni 2026 yilga qadar davom etadigan hamkorlikni rasmiylashtiradi.

Avvalroq, Neymar o‘ziga “Barselona” tomonidan jiddiy qiziqish borligini bilgach, parijliklar bilan muzokarani to‘xtatgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

PSJ klubi prezidenti o‘z vaqtida “Barselona”ga rasmiy maktub yo‘llab, futbolchini muzokaralardan chalg‘itmaslikni talab qilgandi.

Neymar 2017 yili PSJga 222 million yevro evaziga aynan Kataloniya klubidan olib kelingan. Bu transfer rekordi hali ham yangilangani yo‘q. Braziliyalik yulduz Parij klubida to‘p tepsa ham, doim "Barselona"ga qaytish uchun variant qidirib kelardi. Endi Parijda qolishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Joriy mavsumda Neymar Fransiya chempionatida 15 ta uchrashuvda yettita gol urdi va beshta golli pas berdi. Yevropa Chempionlar ligasida esa to‘qqizta o‘yinda oltita to‘p kiritdi va uchta assistni amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hammasi hal bo‘ldi. Neymar bugun yangi shartnoma imzolaydi!