08:30 / 13.05.2021
2 166

A Seriya. «Milan» Turin klubiga javobsiz 7 ta gol urdi, «Inter», «Yuventus» va «Jenoa»da ham g‘alaba


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 36-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 12 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Jenoa» «Bolonya» maydoniga safar qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Genuyaliklarning gollariga Davide Zappakosta Janluka Skamakka mualliflik qildi. «Jenoa» safida to‘p suradigan Eldor Shomurodov mazkur bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu g‘alabadan keyin «Jenoa»ning ochkolari 39 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

36-turdan keyin «Yuventus»ni Chempionlar Ligasidan bir ochko ajratib turibdi. Mavsum yakunlanishiga ikki tur qolgan. «Jenoa» esa o‘zi uchun keyingi mavsum ham A Seriyada ishtirok etish huquqini kafolatladi.

«Bolonya» – «Jenoa» 0:2
Gollar:
0:1 – 13 Zappakosta, 0:2 – 61, penalti Skamakka.
«Jenoa»: Perin, Goldaniga, Masello, Sapata, Zappakosta, Behrami (Zays, 69), Badel (Rovella, 32), Strotman (Kassata, 82), Pandev (Radovanovich, 69), Shomurodov, Skamakka (Pyatsa, 82).

«Yuventus» «Sassuolo» bilan bahs yuritib, Adriyen Rabo, Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibalaning gollari evaziga g‘alaba qozondi. Mezbonlardan Jakomo Raspadori o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
«Sassuolo» – «Yuventus» 1:3
Gollar:
0:1 – 28 Rabo, 0:2 – 45 Ronaldu, 1:2 – 59 Raspadori, 1:3 – 66 Dibala.
«Milan» safarda «Torino» darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi. Gollarga Teo Ernandes (dubl), Frank Kessie, Braim Dias va Ante Rebich (het-trik) mualliflik qildi.
«Torino» – «Milan» 0:7
Gollar:
0:1 – 19 Teo, 0:2 – 26, penalti Kessie, 0:3 – 50 Braim Dias, 0:4 – 62 Teo, 0:5 – 67 Rebich, 0:6 – 72 Rebich, 0:7 – 79 Rebich.
«Inter» esa o‘z maydonida «Roma»dan ustun keldi. Milanliklar safida Marselo Brozovich, Matias Vesino va Romelu Lukaku gol urgan bo‘lsa, «Roma»ning javob goliga Genrix Mxitaryan mualliflik qildi.
«Inter» – «Roma» 3:1
Gollar:
1:0 – 11 Brozovich, 2:0 – 20 Vesino, 2:1 – 31 Mxitaryan, 3:1 – 90 Lukaku.
«Atalanta» – «Benevento» 2:0
Gollar:
1:0 – 22 Muriel, 2:0 – 67 Pashalich.
«Latsio» – «Parma» 1:0
Gol:
1:0 – 90+5 Immobile.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Milan» Turin klubiga javobsiz 7 ta gol urdi, «Inter», «Yuventus» va «Jenoa»da ham g‘alaba