«Barselona» rahbariyati mavsumning omadsiz o‘tayotgani sababli tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, yozda jamoani 14 nafargacha futbolchi tark etishi mumkin. Ushbu futbolchilar qatoriga darvozabon Neto, himoyachilar Samyuel Umtiti va Xunior Firpo, yarim himoyachilar Miralem Pyanich, Filippe Koutino va Mateus Fernandes hamda hujumchi Martin Breytueyt kiradi.
O‘yinchilarni boshqa jamoalarga transfer qilish, ijaraga berish va o‘zaro futbolchi almashtirish bitimlarida foydalanish rejalashtirilgan.
Bunday tadbirlardan maqsad jamoaga keladigan malakali o‘yinchilarga joy ajratish va hozirgilarga to‘lanayotgan mablag‘ni tejab qolish ekanligi ta’kidlanmoqda. Shu sababli hatto shartnomalarni bekor qilish varianti ham ko‘rib chiqiladi.
«Barselona»2020/21 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «PSJ»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. La Ligada esa jamoa mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida «Atletiko» va «Real»dan ortda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi