14:40 / 16.05.2021
1 067

OFK Kubogi-2021. Ro‘ziqul Berdiyev: "Xo‘jand"ni yutishni xohlasak 1-turdagidan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak"

OFK Kubogi-2021. Ro‘ziqul Berdiyev: "Xo‘jand"ni yutishni xohlasak 1-turdagidan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak"

OFK kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Xo‘jand" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchi Sherzod Nasrullayev ishtirok etdi.
"Ertangi raqibimiz "Xo‘jand" jamoasi bo‘ladi. Bu jamoani yaxshi o‘rgandik, ayni paytda Tojikiston chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi. Ajoyib jamoa. Ijobiy natija qayd etishimiz uchun juda yaxshi o‘ynashimiz talab etiladi.

Yigitlarimiz bunga tayyor, raqib haqida barcha ma’lumotga egalar. Ertangi bahsda umid qilamanki ijobiy natija va chiroyli o‘yin bo‘ladi.

- Birinchi turda "Nasaf" "Oloy"ga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ayniqsa ikkinchi taymda 22 daqiqa ichida 4ta javobsiz gol urildi. "Nasaf" guruh g‘olibi bo‘lishiga nima xalal berishi mumkin?
- Albatta raqiblar! Ayniqsa mezbon, "Xo‘jand". "Oloy" bilan o‘yindagi dastlabki taymda yaxshi o‘ynadik deya olmayman, bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emas. Ertangi bahs esa o‘zimiz istagan eng yaxshi o‘yinni namoyish etishga urinamiz.

- "Oloy" asosan himoyada o‘ynadi va hujumdagi o‘yinchilari saviyasi pastroqligi ko‘rindi. "Xo‘jand"da esa 10 va 7-raqamdagi futbolchilar hujumda juda yaxshi o‘ynashdi. Bunga himoyachilar tayyormi? 
- "Oloy" asosan himoyaga urg‘u berdi, ko‘plab o‘yinchilar himoyada o‘ynashdi. Menimcha "Xo‘jand" ko‘proq hujum qiladi va oldinga o‘tadi. Bu biz uchun balki foydaga ishlar. Raqib himoyaviy o‘ynaydimi yoki hujumkormi farqi o‘yin, bunday bahslarga tayyor bo‘lishimiz shart. Hozir faqat "Xo‘jand" haqida gapirayapmiz, ammo "Oltin Asr" ham juda yaxshi jamoa. Guruhdagi hech bir bahs oson o‘tmaydi.

- Musobaqa markazlashgan holda o‘tishiga qanday qaraysiz? Bu jamoalarga qiyinchilik tug‘dirishi aniq. 
- Hozir pandemiya bo‘lgani uchun musobaqa markazlashgan holda o‘tkazilmoqda. Bu OFK qarori. Bunga ko‘nikish kerak, OCHL bahslari ham shunday o‘tdi. Oldin uy-safar tizimida bo‘lardi o‘yinlar, - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Ertangi bahsga jamoamiz tayyor, muxlislarimizni xursand qilib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. "Xo‘jand" jamoasi o‘yinlarini o‘rganib chiqdik, ular g‘alaba uchun bor kuchini berishi aniq. Lekin biz ham g‘alaba qozonishni xohlaymiz", - deydi Nasrullayev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » OFK Kubogi-2021. Ro‘ziqul Berdiyev: "Xo‘jand"ni yutishni xohlasak 1-turdagidan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak"