1 869
Yazguli Xojageldiyev: "Nasaf"ni durang qoniqtiradi, ammo bu unchalik katta ustunlik emas"
OFK kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiyev va futbolchi Ahmet Atayev qatnashdi.
"Guruhdagi so‘nggi o‘yinda barchasini hal bo‘ladi. Bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi, shunday ekan g‘alaba uchun o‘ynaymiz. O‘yin qanday bo‘lishini ertaga ko‘ramiz", - deydi Yazguli Xojageldiyev.
"Biz ertangi g‘alaba qanchalik muhimligini bilamiz. G‘alaba uchun oxirigacha kurashamiz, barcha bizdan g‘alaba kutmoqda", - deydi Ahmet Atayev.
- "Oltin Asr" birinchi o‘yinda 9 kishi bo‘lib 11 futbolchiga qarshi o‘ynay olishini isbotlay oldi. Ikkinchi turda esa "triller" bo‘ldi. Sizning jamoaingizga hurmatim baland, lekin negadir o‘zingizga o‘zingiz qiyinchilik tug‘dirasiz va undan chiqib ketishga harakat qilayapsiz. "Nasaf" shunday jamoaki xatolarni kechirmaydi...
- Shunday o‘yinlar bo‘ladi, undan oldin hech nima demasa ham bo‘ladi, ertangi bahs mana shunday. Barcha futbolchilar uning ahamiyatini tushunib turibdi. Yoki qaysidir o‘yinlarda qancha gapirsangiz ham foydasi yo‘q. Jamoamizda o‘yin amaliyoti yo‘q edi, "Oloy" bilan bahsda yigitlar erta g‘alabani nishonlab yuborishdi. Yaxshiki so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib yutdik.
- Ertaga sizlarni faqat g‘alaba qoniqtiradi, "Nasaf"ga esa durang ham yetadi. Shundan kelib chiqib ertaga hujumkor o‘ynaysizlarmi yoki himoyaviy?
- Albatta g‘alaba uchun hujum qilish kerak. Ammo o‘yin vaziyatlaridan kelib chiqib o‘ynaymiz. "Nasaf"ni durang qoniqtiradi, ammo bu unchalik katta ustunlik emas. Ertaga o‘yinda ko‘rasizlar barchasini.
- "Xo‘jand" bilan o‘yinda ikki futbolchi qizil kartochka olgandi. Ulardan biri ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etgani uchun ertaga o‘ynay oladi. Uni "Nasaf" bilan bahsda ko‘ramizmi yoki qandaydir jazo berdingizmi?
- Yo‘q, hech qanday jazo bermadik. Lekin ertaga u tushadimi yoki yo‘qmi ayta olmayman.
- Qisqa muddatli musobaqalarda ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilish anchayin jiddiy jazo emasmi?
- Biz o‘tgan narsalarni muhokama qilishga emas, ertangi bahs haqida gaplashishga to‘plandik. Bu qoidani biz o‘ylab topmaganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda