Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi
«Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarning mobil ilovasidagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan pul mablag‘ini kelib tushadi.
Xalq tilida bu mablag‘ «irimiga» bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin shunday odamlar borki, ularning kunlik turmush tarzida 10 ming va undan ortiq qadam bosish hech gap emas! Bu oyiga qo‘shimcha 90 ming so‘m mablag‘ demakdir.
Qolaversa, har oyda:
- har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 300 ming so‘mdan;
- har bir hudud,ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 500 ming so‘mdan;
- respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan fuqaroga 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
Mobil ilovani esa Google Play va App Store mobil ilovalar onlayn do‘konidan bepul yuklab olish mumkin.
Ushbu platforma 2021 yil 1 iyundan boshlab ishga tushiriladi va to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
«Sog‘lom turmush tarzi» platformasining mobil ilovasini qurilmangizga yuklab olganingizdan so‘ng, undan ro‘yxatdan o‘tish jarayonini amalga oshirish shart bo‘ladi. Bunda fuqarolik pasporti orqali id.egov.uz yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va mazkur mobil ilovada elektron hamyon ochiladi. Shundan so‘ng, mobil ilovadan qadamlar ko‘rib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda