Muborakning "Mash’al" jamoasi Superliganing to‘qqizinchi turida o‘z maydonida AGMKni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishni uddasidan chiqdi.
So‘nggi yillarda Superligada sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan olmaliqliklar tarkibida joriy mavsum bir qator tajribali va nomdor futbolchilar yig‘ildi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoaning mazkur mag‘lubiyati va mezbonlarning g‘alabasi qaysidir ma’noda sensatsiya sifatida qabul qilindi. Bu albatta tabiiy hol. Xo‘sh, AGMKni mag‘lub etishda maydon egalari nimadan kuch olishdi yoki o‘yindan oldin qo‘shimcha motivatsiya berildimi? Shu va boshqa savollarimizga "gazchilar"ning sardori va yetakchisi Sardor Abduraimov javob berib o‘tdi.
- Odatda daraja jihatdan ikki xil jamoa maydonda to‘qnashganda imkoniyati past baholangan jamoa futbolchilarida ishtiyoq ikki hissa yuqori bo‘ladi. AGMK bilan bahsda "Mash’al" futbolchilarida mana shu ishtiyoq yaqqol sezildi. Umuman, o‘yinga tayyorgarlik qanday bo‘lgandi?
- To‘g‘ri aytdingiz. AGMK oxirgi mavsumlarda yuqori o‘rinlar va chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylandi. Bu yil esa OCHL guruh bosqichida qatnashdi. Raqibimizning saviyasi va darajasi ma’lum edi. Bunday jamoalarga qarshi maydonda ikki hissa kuch bilan harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Yaxshi kayfiyatda tanaffusga yo‘l oldik.
- AGMK jamoasini o‘rganish jarayonida qaysi ojiz nuqtasi e’tibor tortdi? Kuchli raqib bilan bahs oldidan sinchkovlik bilan o‘rganish muhim hisoblanadi...
- Ularni yaxshi o‘rganib chiqqandik. Ta’kidlaganingizdek kuchsiz emas, kuchli tomonlariga e’tibor berdik. Maydonda ustun jihatlarini yo‘qqa chiqarishga harakat qildik, deya olaman. Mazkur g‘alaba jamoamizga yanada ko‘tarinki kayfiyat va ishonch bersa ajabmas.
- Aksariyat klublarda chempionat yetakchisiga qarshi bahslardan oldin qo‘shimcha motivatsiya berish maqsadida moliyaviy rag‘bat va’da qilinadi...
- Bunday holat har bir jamoada turlicha, deb o‘ylayman. Qaysidir klubda moliyaviy imkoniyatlari yuqori yoki buning aksi. AGMK bilan o‘yindan oldin qo‘shimcha motivatsiya sifatida mukofot pullari va’da qilinmagandi. Futbolchilar bilan gaplashib olib, o‘z maydonimizda yutqazishga haqqimiz yo‘q dedik. Bor gap shu.
- Ushbu uchrashuvdagi taktik kurashda "Mash’al" AGMKni yutdimi? Boisi ishtiyoq yoki xohishni o‘zi kamlik qilishi mumkin...
- Murabbiylarimiz juda to‘g‘ri taktikani tanlay olishdi. Olmaliqliklarning nimalarga qodirligidan xabarimiz bor edi. Ularni qanday taktika asosida yutishimiz kerakligini murabbiylarimiz tushuntirishdi.
- "Mash’al"ning tom ma’nodagi sardori va yetakchisiga aylanib boryapsiz. Demak, sizda yana katta jamoalarda legioner sifatida o‘yinashga umid uyg‘ondi, desak bo‘ladimi? Mavsum boshida ham xorijdan takliflar bo‘lgandi...
- Katta jamoalarda to‘p tepish niyatim bor. "Mash’al"ni ham oddiy jamoa demagan bo‘lardim. Legionerga aylanishimga kelsak, variantlar yo‘q emas. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda