
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining so‘nggi, 38-turida «Jenoa» 22 may, shanba kuni «Kalyari» maydoniga safar qildi.
Shu kuni o‘zbekistonlik futbolchi tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va “Jenoa” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, "Jenoa" va "Rostov" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, agar Eldor mavsum oxirigacha "gol+pas" tizimida 10 ochko jamg‘arsa, A Seriya klubi rus jamoasiga qo‘shimcha 500 ming yevro bonus to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” Shomurodovni 2020 yilning 1 oktabr kuni 7,5 mln yevro evaziga sotib olgan edi.
Eldor o‘tgan davr mobaynida A Seriyada o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Bu "gol+pas" tizimida 10 ochko deganidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar