O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Italiya chempionatini alohida e’tibor bilan tomosha qildi. O‘tgan yilning kuzida Italiyaga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov o‘zbek futbolchilari ham kuchli beshlik chempionatlarida boshqa mamlakatlar yulduzlaridan qolishmagan darajada o‘ynay olishini isbotlab qo‘ydi.
To‘g‘risi, tarixdan ma’lumki, Ilyos Zeytullayev timsolidagi birinchi urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqmagan edi. Yigirma yillar muqaddam Ilyos faoliyatini Italiyaning eng qudratli klubi “Yuventus”da boshlab, u yog‘iga jamoalar nufuzi pastlab borgan edi. “Jenoa”da ham o‘ynaganini yaxshi bilamiz.
Eldor boshqacha yo‘l tutdi. Shomurodov Genuyaga yo‘l olgan paytda “Jenoa” autsayderlar qatorida yurgandi. Har holda bu jamoaning A Seriyada o‘z o‘rnini saqlab qolishdan tashqari, chempionatni musobaqa jadvalining o‘rtalarida yakunlaganida o‘zbek hujumchisining ham hissasi katta ekanini hamma e’tirof etmoqda.
Tan olish kerakka, yangi ligada Eldorning o‘yini bir tekis kechmadi. Yulduzli onlari ham, tanqidlar ostida qolgan paytlari ham bo‘ldi. Bu normal holat. Mavsumni bir xil yuqori saviyada o‘tkazadigan futbolchilar kam. Lekin mavsum oxiriga kelib, Shomurodov zo‘r hujumchi ekanini isbotlab qo‘ydi.
Eng muhimi, Italiya chempionati oxiriga kelib, Eldorning o‘yini ochilib ketgani terma jamoamiz uchun ahamiyatlidir. Chunki Shomurodovni biz uchun A Seriyadan ham muhim bo‘lgan musobaqa – 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirining hal qiluvchi bosqichi kutib turibdi. Eldor O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchisi sifatida jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqishini hamma kutayotgani yangilik emas. Zero, jahon futbolida birgina yulduz o‘z termasini mundialga olib chiqqan holatlar avval ham kuzatilgan.
Joriy mavsumning so‘nggi uchrashuvida “Jenoa” futbolchilari “Kalyari” mehmoni bo‘ldi. O‘yin taqdirini Eldor Shomurodovning 15-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi. Bu vaziyatda o‘zbek hujumchisi qarshi hujumdan unumli foydalanib, Nikolo Rovella oshirgan to‘pni mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa, oxirgi oltita uchrashuvda besh marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan hamyurtimiz umumiy gollari sonini 8 taga yetkazib oldi.
A Seriya o‘yinlarida Eldor Shomurodov “Parma”, “Verona”, “Spetsiya”, “Latsio”, “Atalanta” va “Kalyari” jamoalari darvozabonlarini ojiz qoldi. O‘zbek hujumchisi gol urgan bahslarda “Jenoa” ikkita g‘alaba, bitta durang qayd etib, yetti ochkoga ega bo‘ldi.
“Kalyari” va “Jenoa” uchrashuvida futbolchilarning xatti-harakatlarini baholagan mashhur sayt - whoscored.com mutaxassislari g‘alaba goli muallifi bo‘lgan hamyurtimizning o‘yinini 7 ballga baholadi. Bellashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Shomurodovni golli pozitsiyaga chiqargan Nikolo Rovella e’tirof etildi va unga sayt xodimlari 8,4 ball berdi.
Umuman olganda, ushbu bahsda yana to‘rt futbolchi Shomurodovdan yuqori ball oldi –to‘rtta xavfli zarbani bartaraf etgan darvozabon Alberto Paleari va yarim himoyachi Kevin Strotman 7,5, himoyachilardan Kristian Sapata 8, Eduardo Goldaniga 7,2.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, Eldor Shomurodovning A Seriyadagi debyut mavsumi ancha omadli chiqdi. Mavsumi davomida jami 31 uchrashuvda sakkizta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. O‘ndan ziyod golda bevosita ishtirok etdi. “Jenoa” futbolchilari orasida gollari soni bo‘yicha 11 ta to‘p kiritgan Mattia Destrodan keyin Janluka Skamakka bilan bir xil – 8 tadan gol bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga Eldor Shomurodov “Yuventus” va “Roma” kabi kuchli jamoalar e’tiboriga tushganini ham ta’kidlash joiz. Qolaversa, yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar vaqtida hujumchimiz boshqa klublardan ham taklif olishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi